BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkentda "Chilonzor" metro bekati yaqinidagi ko‘cha avgust oyi oxirigacha qisman yopiladi

18.08.2025 / 06:52

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Blog image

Chilonzor tumanida issiqlik tarmoqlarida rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli yo‘l harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, 18-avgustdan 30-avgustgacha quyidagi yo‘nalishda transport harakati to‘liq yopiladi:


Farhod ko‘chasi chorrahasi — Shuxrat ko‘chasi chorrahasi — Chilonzor metrosi chorrahasi.



Mazkur davrda mutaxassislar quvurlarni almashtirish ishlarini amalga oshiradi. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner