BannerMobile banner
Yangiliklar

Xitoyda momaqaldiroq paytida BYD elektromobiliga chaqmoq tushdi: batareyaga zarar yetmadi

14.08.2025 / 14:13

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Blog image

Guangsi-Chjuan avtonom rayoni, Beihay shahrining Teshan hududida BYD markasidagi elektromobilga chaqmoq tushishi onini guvohlar videoga oldi. Lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.


Dilerlik markazi mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilning quvvat batareyasi, elektromotori va boshqaruv bloki texnik shikastlanmagan, qisqa tutashuv belgilari aniqlanmadi. Kuzovning tom qismida faqat ikki nuqtada zarba izi qayd etilgan, boshqa jiddiy zarar yo‘q. Haydovchi voqea vaqtida avtomobil salonida bo‘lgan, jarohat olmagan va hodisadan so‘ng sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilgan. Transport vositasi hozirda diagnostika jarayonida.


Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chaqmoq urishi bilan avtomatik quvvat uzish tizimi ishga tushgan va xavfsizlik ta’minlangan. Mutaxassislar eslatadi: momaqaldiroq vaqtida avtomobilga chaqmoq tushsa, darhol tashqariga chiqish tavsiya etilmaydi — xavf o‘tgach va mutaxassislar kelganidan so‘nggina chiqish kerak.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner