O‘zbekistonda benzin narxlari yanada ko'tarildi
13.08.2025 / 06:35Gap Carvon yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i haqida ketmoqda.

2025-yil 13-avgustdan boshlab Carvon yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida benzin narxlari oshdi.
Yangi narxlar quyidagicha belgilandi:
- AI-80: 8 300 so‘mdan 9 100 so‘mga;
- AI-92: 10 700 so‘mdan 11 200 so‘mga;
- AI-95: 12 800 so‘mdan 13 000 so‘mga;
- AI-100: 15 800 so‘mdan 17 000 so‘mga.
Narxlarning oshish sabablari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmadi. Biroq, avtomobil egalari allaqachon yoqilg‘i xarajatlaridagi o‘zgarishlarni hisobga ola boshlagan.