BannerMobile banner
Yangiliklar

Chevrolet elektromobili jahon rekordini o‘rnatdi

06.08.2025 / 09:18

Chevrolet pikapi testda rasmiy yurish zaxirasidan ikki baravar ko‘p masofani bosib o‘tdi va elektromobillar uchun yangi tarixiy natijani qayd etdi.

Blog image

Chevrolet elektromobili dunyo bo‘yicha eng uzoq masofani bir zaryad bilan bosib o‘tgan avtomobil sifatida tarixga kirdi — pikap 1 705 km yo‘l yurgan. Bu ko‘rsatkich modelning rasmiy yurish zaxirasidan deyarli ikki baravar ko‘p (rasmiy raqamlarga ko‘ra, 793 km).



Sinov yetti kun davom etgan va Detroyt atrofidagi umumiy yo‘llarda amalga oshirilgan. Avtomobil o‘rtacha 32−40 km/soat tezlikda harakatlangan. Rekordga erishishda bir nechta muhim omillar yordam bergan: shinadagi bosim oshirilgan, zapas g‘ildirak yechilgan, oynatozalagichlar va konditsioner o‘chirib qo‘yilgan, kuzovga aerodinamik qoplama o‘rnatilgan.


Model odatiy seriyali avtomobil bo‘lsa-da, muhandislar sozlamalarni maksimal natija olishga moslab qayta ishlagan.



Bungacha rekord Lucid Air Grand Touring elektromobiliga tegishli bo‘lib, u 1 206 km bosib o‘tgan edi. Chevrolet muhandislari bu natijani Ginnes rekordlar kitobiga kiritishni rejalashtirmayotganini, bu sinov faqat texnologik imkoniyatlarni sinash uchun o‘tkazilganini ta’kidlagan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner