BannerMobile banner
Yangiliklar

Jennifer Lopez konserti sababli Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopildi

07.08.2025 / 08:53

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Blog image

7-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida amerikalik mashhur qo‘shiqchi Jennifer Lopez konserti bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklab qo‘yildi. Bu haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar berdi.


Soat 12:00 dan 23:00 gacha quyidagi yo‘nalishlarda transport harakati cheklanadi:


  • Cho'ponota ko‘chasining Qatortol ko‘chasi bilan kesishgan nuqtasidan Chilonzor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Chilonzor ko‘chasining Cho'ponota bilan kesishuvdan KXAYgacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ichki ko‘chasi – KXAYdan Cho'ponota ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq.


Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner