Li Auto’ning yangi i8 modeli narx siyosati o‘zgargach rekordlar o‘rnatmoqda
05.08.2025 / 10:22Narxi — $47 200.

Xitoyning Li Auto kompaniyasi tomonidan 10 yildan buyon ishlab chiqilgan yangi i8 modeli bozorda katta qiziqish uyg‘otmoqda, habar beradi iXBT.
Yaqinda narxi 47 200 dollarga tushirilgan ushbu avtomobil bir hafta ichida 6 000 ta oldindan buyurtma oldi.
Endilikda faqat i8 Max komplektatsiyasi taqdim etilmoqda. Platinum toifadagi audio tizimi esa ilgari alohida to‘lanadigan opsiya bo‘lgan bo‘lsa, endi u asosiy paketga kiritilgan.
Bundan tashqari, orqa yo‘lovchilar uchun ko‘ngilochar ekran o‘rnatish imkoniyati ham mavjud. Bu esa modelning o‘z segmentida raqobatbardoshligini yanada oshiradi.