BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda tonirovkaga yozgi chegirma berish taklif qilindi

07.08.2025 / 10:52

Ushbu chora 1-maydan 31-avgustgacha bo‘lgan davrda beriladigan ruxsatnomalarga nisbatan qo‘llaniladi.

Blog image

O‘zbekistonda M1 toifadagi avtomobillarning orqa va old yon oynalarini qoraytirish uchun qisqa muddatli ruxsatnomalarni har yili 1 maydan 31 avgustgacha berish tartibini joriy etish taklif qilindi. IIV tegishli loyihani muhokamaga qo‘ydi.


Ruxsatnoma narxi qancha bo‘ladi:


jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHMning 1 baravari (412 ming so‘m);

xorijiy davlatlarning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslari uchun BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming so‘m).

bir yilga beriladigan ruxsatnoma avvalgidek qoladi:

jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHMning 8 baravari (3 mln 296 ming so‘m);

xorijiy davlatlarning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslari uchun BHMning 14 baravari (5 mln 768 ming so‘m).


Loyiha muhokamasi joriy yilning 22 avgustiga qadar davom etadi.


M1 toifa - yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchi o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqqa ega bo‘lgan transport vositalari

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner