O’zbekistonda avtomobilni rasmiylashtirish narxi oshdi
04.08.2025 / 07:252025-yilda avtomobil rasmiylashtirish, notarius xizmatlari va YXXB to‘lovlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot.

Agarda yangi yoki ishlatilgan avtomobil xarid qilingan bo‘lsa, uni 10 kun ichida YXXB (GAI’da) ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamlarini olish shart.
Endi foydalanilgan avtomobilni raqam almashtirmasdan rasmiylashtirib bo‘lmaydi — davlat raqamlari albatta yangilanadi, shu bilan birga ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar ham oshgan.
Haydalgan avtomobilni YXXB’da rasmiylashtirish to’lovlari:
- Ro‘yxatdan o‘tkazish: 2 818 080 so‘m
- Texpasport berish: 288 400 so‘m
- Yangi davlat raqamlari: 1 442 000 so‘m
- Jami: 4 548 480 so‘m
Notariusda shartnoma tuzish narxi:
- Notarial boj: 3 BRV — 1 236 000 so‘m
- Gerb yig‘imi: 10% MHEKM (Mehnat haqining eng kam miqdori) — 41 200 so‘m
- Tekshiruv (taqiqlar): 15% MHEKM — 61 800 so‘m
- Konsultatsiya: 5% MHEKM — 20 600 so‘m
- Shartnoma loyihasini tayyorlash: 10% MHEKM — 41 200 so‘m
- Jami: 1 400 800 so‘m
Yangi narxlar kuchga kirgan, shuning uchun avtomobil sotib olayotganda bu xarajatlarni oldindan hisobga olish kerak.