BannerMobile banner
Yangiliklar

Kia O‘zbekistonda: 2025-yil narxlar va modellar

27.06.2025 / 11:29

Kia avtomobillari 2025 yilda O‘zbekistonda eng so‘nggi narxlar va texnik ma’lumotlar.

Blog image

O‘zbekiston avtomobil bozorida Kia brendi tobora ommalashib bormoqda. 2025 yilda Kia’ning yangi modellari, narxlari va texnik xususiyatlari bilan to‘liq tanishing.


Kia Sonet — ixcham va arzon shahar krossoveri. Narxlar:



  • Classic — 189 900 000 so‘m;
  • Luxe — 222 900 000 so‘m;
  • Prestige — 249 900 000 so‘m.


Mahalliy yig‘ilgan bu model 205 mm balandligi, “Tiger Smile” radiator panjarasi va SUV elementlari bilan shaharda yurishga qulay. Narxining nisbatan pastligi Sonet’ni eng arzon krossoverlardan biriga aylantiradi.


Kia Seltos — funksional va to‘liq jihozlangan SUV. Narxlar:



  • Narxi — 339 900 000 so‘mdan;
  • Dvigatel: 2.0 MPI (147 ot kuchi);
  • Korobka: 6AT avtomat;
  • 0–100 km/s: 9.6 soniya.


Jihozlar orasida LED faralar, 18 dyuymli disklar, proyeksiya panel, ventilyatsiyali o‘rindiqlar va 8 dyuymli multimedia tizimi bor. Seltos — o‘z sinfida eng yaxshi “narx/komfort” balansi.


Kia K5 — zamonaviy biznes-sedan.



Eng arzon komplektasiya — Comfort. Narxi — 379 900 000 so‘m. Eng qimmat komplektasiya — Premium. Narxi — 539 900 000 so’m.


Dvigatellari 2.0 MPI (150 ot kuchi) va 2.5 GDI (194 ot kuchi) varianti bilan taqdim etiladi. Yirik 12.3 dyuymli TFT panel, 360° kamera, Smart Key, LED yoritish — barchasi K5’ni haydovchi uchun maksimal qulay qiladi.


Kia K8 — premium darajadagi sedan



  • Narxi: 729 900 000 so‘mdan;
  • Dvigatel: 3.5 GDI (300 ot kuchi);
  • Korobka: avtomat (8AT);
  • Kafolat: 5 yil yoki 150 000 km.


Keng va jim salon, ilg‘or xavfsizlik tizimlari, sensorli boshqaruv paneli, bosh to‘liq elektrli o‘rindiqlar. K8 – hayotdagi darajani ko‘rsatadigan avtomobil.


Kia K9 — hashamat va kuch uyg‘unligi



  • Narxi: 889 900 000 so‘mdan;
  • Premium segment uchun mo‘ljallangan ushbu model yuqori quvvatli dvigatel va elit interyer bilan ajralib turadi.


Kia Carnival — qulay miniven, katta oilalar uchun



  • Narxi: 603 900 000 so‘mdan;
  • Dvigatel: 3.5 GDI (272 ot kuchi);
  • 0–100 km/s: 8.5 soniya;
  • Jihoz: panorama lyuk, Meridian audio, 12.3 dyuymli displey, xavfsizlik tizimlari (HUD, BCA, EPB, va boshqalar).


Kia EV6 — elektrokrossover zamon talabi



  • Narxi: 699 900 000 so‘mdan;
  • Dvigatel: 325 ot kuchi, 605 Nm moment;
  • 0–100 km/s: 5.2 soniya;
  • Jihoz: AR HUD, tez zaryadlash, Meridian audio, old/orqa ventilyatsiya.


Kia EV9 – to‘liq elektr, premium 7 o‘rinli SUV



2025-yil iyun holatiga Kia EV9 faqat Toshkentdagi rasmiy dilerlarda mavjud. Bu to‘liq elektrik, katta oilaviy SUV sinfidagi eng premium model hisoblanadi. Narxi — 1 319 900 000 so’mdan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner