BannerMobile banner
Yangiliklar

O'zbekistonda yangi Damaslar narxi pasaydi

02.04.2026 / 09:43

30-aprelgacha 5 mln so‘mgacha chegirma va yangi Damas modellari narxlari e’lon qilindi.

Blog image

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Damas modellari narxini pasaytirdi. 30-aprelgacha amal qiladigan aksiya doirasida avtomobilni 100% to‘lov bilan xarid qilganda 5 million so‘m chegirma taqdim etiladi.


Aksiya yo‘lovchi Damas, Kombi va yuk tashuvchi (Van) versiyalariga tatbiq etiladi. Shuningdek, avtomobilni bo‘lib to‘lash (rassrochka) asosida ham xarid qilish imkoniyati mavjud.


Yangilangan narxlar:

Damas D2 Style Plus DLX (yo‘lovchi) — 91 932 000 so‘m

Damas D3 STYLE Kombi — 91 449 000 so‘m

Damas D11 (yuk tashuvchi) — 88 156 000 so‘m

LABO LB2 Plus — 96 370 000 so‘m


Yangi Damas modellari narxlari:

Damas Max VAN 1.2 LV0

Yuk furgoni, 2 o‘rin. 1.2 dvigatel, mexanik uzatma.

ABS, EBD, 2 ta airbag, markaziy qulflash va signalizatsiya mavjud.

134 439 000 so‘m


Damas Max VAN 1.5 LV0

1.5 dvigatel, 6 pog‘onali mexanik uzatma.

ESC va immobilayzer qo‘shilgan.

142 471 000 so‘m


Damas Move PAS 1.2 LV0

8 o‘rinli yo‘lovchi versiya.

ABS, EBD, ISOFIX, pechka, ammo konditsionersiz.

139 675 000 so‘m


Damas Move PAS 1.2 LV1

7 o‘rin, kengaytirilgan komplektatsiya.

Ikki zonali konditsioner, elektr oynalar, signalizatsiya va boshqa opsiyalar.

144 563 000 so‘m


Damas Move PAS 1.5 LV0

8 o‘rin, 1.5 dvigatel.

ESC, markaziy qulflash va immobilayzer mavjud.

149 011 000 so‘m


Damas Move PAS 1.5 LV1

Maksimal komplektatsiya.

7 o‘rin, 1.5 dvigatel, ESC, konditsioner, elektr oynalar va boshqa opsiyalar.

154 128 000 so‘m


Mutaxassislar fikricha, hozircha aksiya 30-aprelgacha amal qiladi. Biroq avval ham kuzatilganidek, bunday chegirmalar keyinchalik doimiy narxga aylanishi ehtimoli ham mavjud.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner