Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 kunga yopiladi
24.06.2025 / 11:26Maʼlum qilinishicha, bunga qurilish-ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Cheklov 1-iyulgacha davom etadi.

Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh ko‘chasi 25-iyun soat 00:00 dan transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga qurilish-ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi. Cheklov 1-iyulgacha davom etadi.
Yopiladigan qism: Temur Malik-Parkent-Mahtumquli ko‘chalari aylanma harakatidan, TXAY-Ohangaron shoh ko‘chalari aylanma harakatigacha bo‘lgan qismi.
Haydovchilardan Bektemir shoh, Farg‘ona yo‘li, Mahtumquli, va Yangi O‘zbekiston ko‘chalaridan harakatlanish tavsiya etilgan.