BannerMobile banner
Yangiliklar

Chevrolet yangi Tracker modelini taqdim etdi

03.07.2025 / 06:17

Yangi model Braziliyada yig‘ila boshlagan.

Blog image

Chevrolet o‘zining mashhur krossoveri — Tracker'ning 2026 yil uchun yangilangan versiyasini ishlab chiqara boshladi. Yangi model Braziliyaning San-Kayetanu-du-Sul shahridagi zavodda yig‘ila boshlagan va tez orada mamlakat bo‘ylab distribyutorlarga yetkazilishi rejalashtirilgan.


Tashqi ko‘rinishdagi yangiliklar



Tracker 2026 modelida faralar ikki qavatli joylashgan: yuqori qismda yupqa LED chiroqlar, pastda esa asosiy yorug‘lik elementlari. Bamper va radiator panjarasi Blazer va Equinox modellari uslubida qayta ishlangan.


RS sport versiyasi ham saqlanib qolgan. Unda qora rangli bezaklar — logotip, ko‘zgular va disklar bor, shuningdek, o‘ziga xos panjara mavjud.


Salon — Xitoyga yanada yaqinroq bo'lgan



Avtomobilning ichki qismi Xitoyda taqdim etilgan versiyaga yaqin uslubda qayta ko‘rib chiqilgan. "Tablo" va multimedia tizimi bir butun ekran moduliga birlashtirilgan. Klimat boshqaruvi esa ikki donali aylantirgich va ekran orqali amalga oshadi — avvalgi uchta tugmali tizim o‘rniga. Shu bilan birga, Braziliya versiyasida priborlar paneli ustidan soya qiluvchi qopqoq saqlangan.


Texnik qism o‘zgarishsiz qolgan





Hozircha texnik ma’lumotlar rasman ochiqlanmagan, lekin avtomobilda quyidagi motorlar saqlanishi kutilmoqda:

• 1.0 litrli turbo (117–121 ot kuchi)

• 1.2 litrli turbo (139–141 ot kuchi)


Har ikkala dvigatel ham benzin va etanolda ishlaydi, 6 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi va old tortuvchi platforma bilan jihozlanadi. Gibrid versiya keyingi bosqichda taqdim etilishi mumkin.


Zavoddagi yangilanishlar va “yashil” texnologiyalar


San-Kayetanu zavodi modernizatsiya qilingan: yangi robotlar, bo‘yash sexi va sifat nazoratining zamonaviy tizimlari joriy etilgan. Korxona faoliyati ekologik standartlarga moslashtirilgan — energiyani tejash va chiqindilarni kamaytirishga alohida e’tibor berilgan.


Rasmiy taqdimot vaqti


Tracker'ning 2026 yilgi modeli rasman 2025 yil iyul oyida namoyish etilishi kutilmoqda. U Chevrolet'ning Lotin Amerika uchun yangilangan model qatoridagi birinchi avtomobiliga aylanadi. Shu yili yana Onix va Onix Plus restaylinglari, hamda Xitoyda ishlab chiqariladigan Captiva va Spark EUV elektromobillari ham namoyish etiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner