GM avtomobillarida shaxsiy yordamchi tizimi joriy qilinadi
01.04.2025 / 10:23Texnologiya avtomobil boshqarishni yanada qulay va xavfsiz qilishga xizmat qiladi.

General Motors kompaniyasi ilg‘or shaxsiy eslatma tizimi ustida ishlamoqda. Yangi texnologiya avtomobilni haqiqiy yordamchiga aylantirishni maqsad qilgan:
- yo‘l sharoitlarini tahlil qiladi – yonilg‘i sarfi, akkumulyator zaryadi, shinalar bosimi, marshrut va haydovchi odatlarini o‘rganadi;
- foydali eslatmalar – uzoq safarga chiqishdan oldin yonilg‘i quyish yoki avtomobildan tushayotganda orqa o‘rindiqlarni tekshirishni tavsiya qiladi;
- moslashuvchan algoritm – haydovchi bildirishnomalarni ko‘p e’tiborsiz qoldirsa, tizim o‘zini moslashtiradi;
- vizual va ovozli bildirishnomalar – ma’lumotlar ekranda yoki audio tizim orqali beriladi.
Ushbu texnologiya avtomobil boshqarishni yanada qulay va xavfsiz qilishga xizmat qiladi.