BannerMobile banner
Yangiliklar

Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarilishi boshlanadi

02.05.2025 / 12:30

Damas ekologik toza bo‘lib, «Euro-5» standartlariga mos keladi.

Blog image

Xorazm viloyatida joylashgan Damas va Labo avtomobillari yig‘iladigan zavodda yangi yetti o‘rinli avtomobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu avtomobil ekologik toza bo‘lib, «Euro-5» standartlariga mos keladi.


Loyiha doirasidagi sarmoyalar hajmi $100 mlnni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish 2026-yilda yirik uzelli yig‘ish (SKD) bosqichida yo‘lga qo‘yiladi. 2027-yildan esa avtomobilni to‘liq ishlab chiqarish va 50% gacha mahalliylashtirish darajasiga chiqish ko‘zda tutilgan.


Yangi loyiha O‘zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirish va ichki bozorni zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner