Shu bilan birga, import qilinadigan AI-95 benzini narxi odatiy AYoQShlarda 16 800 so‘m/litrdan boshlanmoqda. Ayrim LUKOIL shoxobchalarida esa uning narxi 19 000 so‘m/litrgacha yetgan.

AI-92 EURO benzini 13 400 so‘m/litrdan sotilmoqda. AI-100 benzini esa 27 000 so‘m/litr narxda taklif etilmoqda.

Import benzini narxining oshishi Rossiyadagi yoqilg‘i bozoridagi vaziyat va yonilg‘i eksportiga qo‘yilgan cheklovlar fonida kuzatilmoqda. Biroq O‘zbekistonga yoqilg‘i yetkazib berish ushbu cheklovlarga kirmaydi. Shu sababli narxlarning oshishi nimaga bog‘liqligi hozircha aniq emas.