Yangi model EMA platformasida qurilgan bo‘lib, u brend tarixidagi ilk to‘liq elektr avtomobil hisoblanadi. Salon minimalistik uslubda ishlangan: an’anaviy asboblar paneli o‘rnini bitta yirik ekran egallagan, ventilyatsiya tizimi esa butun old panel bo‘ylab yashirilgan.
Kompaniya salonni “xotirjamlik maskani” sifatida ta’riflab, vizual soddalik va shovqinni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilganini ma’lum qildi.
Range Rover’ga ko‘ra, yangi GT brend tarixidagi eng yengil boshqariladigan va yengil avtomobilga eng yaqin xarakterga ega model bo‘ladi. Shu bilan birga, u an’anaviy yo‘ltanlamas imkoniyatlarini ham saqlab qoladi.
Hozirda prototiplar yakuniy yo‘l sinovlaridan o‘tmoqda. Model haqidagi batafsil ma’lumotlar joriy yil oxirigacha e’lon qilinadi.





