Hisobotga ko‘ra, olti oy davomida O‘zbekistonda 235 794 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,8% ko‘p.
Eng yuqori o‘sish sur’atlarini quyidagi brendlar qayd etdi:
BYD — +91,5% (13 405 ta);
Haval — +43% (5 061 ta);
Kia — +29,1% (15 184 ta);
Chery — +6,1% (4 384 ta).
Shu bilan birga, iyun oyida muhim o‘zgarish yuz berdi. Faqat yengil avtomobillar hisobga olinganda, UzAuto Motorsning ishlab chiqarishdagi ulushi ilk bor 70% dan pastga tushib, 69,6%ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yil iyun oyida bu ko‘rsatkich 81,4% edi.
Bunga qaramay, UzAuto Motors Cobalt, Onix va Tracker ishlab chiqarishni oshirishda davom etmoqda. Biroq iyun oyida Cobalt ishlab chiqarish hajmi yil boshidan beri ilk bor pasaydi — 3,9%ga.
Ichki bozordagi talabni rag‘batlantirish maqsadida kompaniya Cobalt, Damas va Captiva modellari uchun maxsus chegirmalar ham e’lon qildi.





