Modelning asosiy yangiliklaridan biri Smart View tizimi bo‘ldi. U orqa kamera va yaqinlashayotgan transport vositalarini aniqlovchi radarni o‘zida birlashtiradi. Tasvir rulga o‘rnatilgan displeyga uzatiladi, orqadan avtomobil tez yaqinlashayotgan bo‘lsa, tizim velosipedchini ogohlantiradi.

Yangi model zamonaviy yoritish tizimi bilan ham jihozlangan. Ramaga o‘rnatilgan LED tasma kunduzgi chiroqlar vazifasini bajaradi, tormozlanganda qizil rangda yonadi, burilish vaqtida esa sariq rangda miltillab, boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarini ogohlantiradi.

Volkswagen'ga ko‘ra, yangi texnologiyalar shaharda harakatlanish xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.