YTHning 32,5 %i yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi
10.02.2025 / 07:232024-yilda O‘zbekistonda 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

2024-yilda O‘zbekistonda 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 3 045 tasi (32,5%) yuk mashinalari va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan. Bu haqda 24-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.
Yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘lgan YTHlar orasida:
- Damas mikrovenlari (jamoat transporti sifatida keng qo‘llaniladi) eng katta ulushga ega – 1 592 ta holat (52,3%);
- Yuk mashinalari – 558 ta holat (18,3%);
- Avtobuslar – 137 ta holat (4,5%);
- Mikroavtobuslar – 29 ta holat (0,95%).
Hisobotda alohida ta’kidlanishicha, 351 ta YTH (3,7%) haydovchilarning ish va dam olish tartibiga rioya qilmagani sababli rulda uxlab qolishi natijasida sodir bo‘lgan. Ushbu avariyalarda 189 kishi halok bo‘lib, 285 kishi jarohatlangan.