GM Camaroni uzatmalar qutisi nosozligi sabab chaqirib olmoqda
13.03.2025 / 07:262025-yil 6-martdan boshlab GM ushbu avtomobillarni sotish to'xtatildi.

General Motors 2020–2022-yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Camaro avtomobillarini chaqirib olishini e’lon qildi. Muammo 10 bosqichli GM Hydra-Matic avtomatik uzatmalar qutisida moy bosimining pasayishiga va uzatmalar almashinuvida qattiqlikka olib kelishi mumkin. Eng xavfli holatda, 8-bosqichdan 7-bosqichga o‘tishda g‘ildiraklar qisqa muddatga bloklanishi mumkin.
Muammo Chevrolet Camarodan tashqari Cadillac CT4 (2020-2021), Cadillac CT5 (2020-2021) va Cadillac CT6 (2019-2020) modellari uchun ham dolzarb.
GM hozircha muammoning to‘liq yechimini topmagan, biroq kelajakda uzatmalar qutisi boshqaruv moduli (TCM) dasturini yangilash rejalashtirilgan. Dastur valf eskirishini kuzatib boradi va xavf yuqori bo‘lsa, uzatmalar qutisini 5-bosqichdan yuqoriga o‘tishini cheklaydi.
2025-yil 6-martdan boshlab GM ushbu avtomobillarni sotish va mijozlarga topshirishni vaqtincha to‘xtatdi. Dilerlarga dasturiy ta’minot yangilanmaguncha sotish va yetkazib berish taqiqlangan.