Xitoyda Chevrolet Tracker ishlab chiqarilishi to‘xtatildi
13.03.2025 / 09:04Xitoy zavodining yopilishi ehtiyot qismlar yetkazib berishga ta’sir qilishi mumkin.

Xitoydagi SAIC-GM Norsom zavodida Chevrolet Tracker ishlab chiqarilishi to‘xtatildi. Bu esa UzAuto Motors zavodi uchun ehtiyot qismlar va komponentlarni Xitoy o‘rniga Lotin Amerikasidan xarid qilish zaruratini tug‘diradi.
Agar zavod Xitoydan keltirilgan qismlarni mahalliylashtirish imkoniga ega bo‘lmasa, bu ishlab chiqarish tannarxining oshishiga yoki ba’zi komplektatsiyalarni soddalashtirishga olib kelishi mumkin. Ayrim Chevrolet Tracker modellari konditsioner tizimi va Euro-5 standartidagi katalizatorsiz ishlab chiqarilayotgani kuzatilmoqda.
Xitoy zavodining yopilishi ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq, Tracker’ning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi sababli, mintaqaviy bozor uchun yetkazib berish davom etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ba’zi komponentlar import qilingan bo‘lishi mumkin, shuning uchun ehtiyot qismlar narxida o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli bor.