BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkentda 200 mingdan ortiq pullik avtoturargoh tashkil etiladi

14.03.2025 / 08:37

Birinchi pullik avtoturargohlar martda Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida ishga tushishi kutilmoqda.

Blog image

Toshkentda 200 mingdan ortiq pullik avtoturargoh joylari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Dastlabki bosqichda 86 ta hududda 13-14 mingta yo‘l bo‘yidagi avtoturargoh foydalanishga topshiriladi. Birinchi pullik avtoturargohlar mart oyida Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida sinov tariqasida ishga tushishi kutilmoqda.


Shuningdek, to‘xtash narxi to‘rtta zonaga ajratilib, har soat uchun 5 mingdan 12 ming so‘mgacha belgilanishi rejalashtirilgan. Iyul oyidan boshlab, pullik avtoturargohlar keng joriy etiladi.


Streetpark Systems kompaniyasi ushbu tizim uchun yagona raqamli platformani yaratish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Hozirda haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mobil ilova ishlab chiqilmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner