BannerMobile banner
Yangiliklar

Qirg‘izistonda yarim yilga avtomobil kuzovlari importi taqiqlanadi

12.03.2025 / 08:57

Zavodda Chevrolet yengil avtomobillari va Isuzu tijorat texnikasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Blog image

Qirg‘iziston hukumati 6 oy muddatga avtomobil kuzovlari importini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq ushbu cheklov "DT Texnik", "Shumkar", "Jisu", "Shunfa", "Murat Avto", "Qirg‘iz Unaa Kuruush" va "Meridian Gold" kabi mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga tatbiq etilmaydi.


Taqiq 22-mart 2025-yildan boshlab kuchga kiradi. Qirg‘iziston Iqtisodiyot va Savdo vazirligi Jahon savdo tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga bu haqda xabar beradi. Bojxona va chegara xizmatlari noqonuniy importga qarshi choralar ko‘radi.


"UzAutoSanoat" loyihasi va ishlab chiqarish rejasi:


- 2023-yilda "UzAutoSanoat" va "DT Texnik" Qirg‘izistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolagan;

- 2023-yil may oyida Chuy viloyatida zavod qurilishi boshlangan, ammo ob-havo sharoiti sababli ishlar olti oyga kechikkan;

- 2024-yil mart oyida zavodning birinchi avtomobili may oyida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgani e’lon qilingan;


Zavodda Chevrolet yengil avtomobillari va Isuzu tijorat texnikasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Qirg‘iziston hukumati ushbu cheklov bilan mahalliy avtomobil ishlab chiqarishni rag‘batlantirishni maqsad qilgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner