Barcha BYD modellari “Xudoning Ko‘zi” avtopilotiga ega bo‘ladi
13.02.2025 / 06:44Katta sinfdagi modellar esa God’s Eye B va God’s Eye A tizimlariga ega bo'ladi.

BYD barcha modellarini avtopilot bilan jihozlaydi. Hatto arzon variantlar ham God’s Eye C tizimini oladi, lekin u faqat magistrallarda ishlaydi. Katta sinfdagi modellar esa God’s Eye B va God’s Eye A tizimlariga ega bo‘lib, ular shahar va magistrallarda harakatlana oladi.
- God’s Eye C – 12 kamera, 17 radar;
- God’s Eye B – qo‘shimcha 1 lidar, 30+ sensor;
- God’s Eye A – 3 lidar, ikki barobar kuchli protsessor.
Shuningdek, Xuanji arxitekturasi DeepSeek R1 sun’iy intellekt modeli bilan integratsiya qilinadi, bu esa ovozli yordamchi va avtopilotning ishonchliligini oshiradi.