Banner
Yangiliklar

O‘zbekiston qozoq benzinisiz qolishi mumkin

30.01.2025 / 11:05

29-yanvar kuni Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isiga taqiq qo'ydi.

Blog image

Qozog‘iston hukumati yoqilg‘ini temir yo‘l orqali olib chiqishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi


29-yanvar kuni Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isini temir yo‘l transporti orqali olib chiqishni taqiqladi.


Energetika vazirligi bunday qaror mamlakat ichki bozorida yoqilg‘i-moylash materiallari tanqisligini oldini olish uchun qabul qilinganini tushuntirdi. Quyidagilar bundan mustasno:  


- moylash yog‘lari;  

- zavod ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan yonilg‘i baklarida olib chiqiladigan yoqilg‘i;  

- ilmiy-tadqiqot ishlari uchun foydalaniladigan aviatsiya yoqilg‘isi;  

- gumanitar yordam doirasida olib chiqiladigan ayrim neft mahsulotlari.  

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner