Banner
Yangiliklar

Chevrolet Onix tez orada yangilanadi

29.01.2025 / 06:53

2015–2020 yillarda Onix Braziliyada eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lgan.

Blog image

Ushbu sedan va xetchbek dastlab Lotin Amerikasi uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham yig‘ilmoqda.


2015–2020 yillarda Onix Braziliyada eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lgan. Ammo keyinchalik Fiat Strada va Volkswagen Polo oldinga o‘tib ketdi. GM buni o‘zgartirish uchun yangi restayling tayyorlamoqda.


Tashqi ko‘rinish: katta radiator panjarasi yangi naqsh bilan, yangi LED faralar, bamper va orqa chiroqlar dizayni biroz o‘zgartiriladi, sakkiz dyuymli raqamli asboblar paneli, top versiyada 11 dyuymli multimedia ekraniga ega.


Onix o‘zining GEM platformasini va bir litrli uch silindrli CSS Prime dvigatellarini saqlab qoladi. Turbo versiyada quvvat 116 ot kuchidan 121 ot kuchigacha oshadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yonilg‘i quyish tizimi bilan jihozlanadi.


Yangilangan Onix 2025-yilning birinchi choragida Braziliyada taqdim etilishi kutilmoqda.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner