Banner
Yangiliklar

«Yo‘lda bezorilik» uchun haydovchilarni huquqlardan mahrum qilish joriy etiladi

28.01.2025 / 06:08

Haydovchilik huquqisiz shaxslar uchun 50 BHM jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanadi.

Blog image

Senat 24-yanvar kuni bu masalani ko‘rib chiqib, «yo‘lda bezorilik» uchun javobgarlikni belgilovchi qonunni ma’qulladi. Bunday xatti-harakatlarga agressiv haydash, «drift», yo‘nalishni keskin o‘zgartirish va boshqa harakatlar kiradi.  


Jazo:

- bir-ikki yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilish va 25 BHM (9,375 mln so‘m) jarima.  

- Haydovchilik huquqisiz shaxslar uchun 50 BHM jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq.  


Qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi lozim.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner