BannerMobile banner
Yangiliklar

Subaru final versiya Outbackni taqdim etdi

25.10.2024 / 07:01

Subaruning xayrlashuv modeli Outback bo'ldi.

Blog image

Subaru Outbackning cheklangan nusxada chiqariladigan final versiyasini — 30th Anniversary Edition deb nomladi.



Ushbu model bu yil o‘zining 30 yilligini nishonlamoqda, kelasi yilda esa ishlab chiqarishdan chiqariladi. Xayrlashuv Outback modeli nafaqat yubiley emblemalari bilan, balki sezilarli o‘zgartirishlar bilan jihozlangan. 



Krossoverning osma tizimi STI tomonidan sozlangan Hitachi Astemo SFRD (Sensitive Frequency Response Damper) old amortizatorlariga ega bo‘ldi. Orqa tarafdagi standart amortizatorlar ham Subaru Tecnica International tomonidan optimallashtirilgan bo‘lib, ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, haydash sifati pasaytirilmagan holda yanada aniqlik qo‘shilgan.



Uni oddiy Outback modellaridan ajratib turish uchun Subaru kuzovga ko‘plab qora aksentlar qo‘shdi. 18 dyuymli disklar ham mat qora qoplamaga ega. Subaru Japan ushbu modeldan atigi — 500 dona chiqaradi va buyurtmalarni 10-noyabrgacha qabul qiladi. 

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner