O'zbekistonda bu yil har uchinchi ishlab chiqarilgan avtomobil — Cobalt
07.07.2026 / 07:192026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 190 480 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 190 480 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 ming donaga ko‘p, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Hisobotga ko‘ra, eng ko‘p ishlab chiqarilgan model Chevrolet Cobalt bo‘lib, besh oy davomida uning 69 302 donasi konveyerdan chiqqan. Bu esa mamlakatda ishlab chiqarilgan har uchinchi yengil avtomobil aynan Cobalt bo‘lganini anglatadi.
Shuningdek, hisobot davrida quyidagi avtomobillar ishlab chiqarilgan:
- Chevrolet Damas — 35 269 dona;
- Chevrolet Tracker — 18 519 dona;
- Chevrolet Onix — 15 157 dona;
- KIA — 11 128 dona;
- BYD — 10 120 dona;
- Haval — 4 038 dona;
- Chery — 3 156 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar — 23 791 dona.
Shunday qilib, ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Cobalt yetakchilikni saqlab qolmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Damas va Tracker egallagan.







