O‘zbekistonda Chevrolet Damasga raqobatchi paydo bo‘ldi
Wuling N111 mini-vanini seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi.
Asaka Motors yangi yetti o‘rinli — Wuling N111 mini-vanini seriyali ishlab chiqarishni boshladi. Model 2025-yil 23-yanvarda ishlab chiqarila boshlandi va 25-yanvarda Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan taqdim etildi.
Wuling N111 haqida ma’lumot: Xitoyning Wuling Sunshine II modeli (2012-yildan beri SAIC-GM-Wuling tomonidan ishlab chiqariladi).
-dvigatel: 1,2 litr, 82 ot kuchi;
-yoqilg‘i sarfi: 6,3 litr/100 km;
-yonilg‘i baki: 38 litr;
-o‘lchamlari: uzunligi 3,8 metr;
-baza opsiyasi: konditsioner, ABS tizimi va xavfsizlik uchun boshqa texnologiyalar;
-narxi: 126 mln so‘m.
Asaka Motorsning kengayishi:
-Yozda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlagan: Elantra, Sonata, Palisade, Santa Fe, Tucson va Staria.
-Yangi Wuling N111 mini-vani kompaniyaning bozorga yanada mustahkam kirishini ta’minlaydi.
Avvaldan buyurtma berish ochilgan, yaqin orada dilerlik markazlarida savdolar boshlanishi kutilmoqda.