Bugun, 22-yanvar – O‘zbekistonda yilning birinchi "Avtomobilsiz kuni" o‘tkaziladi
Tadbir har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.
Bugun Davlat idoralari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, barcha fuqarolarga ishga metro, avtobus, velosiped yoki boshqa transport vositalarida borish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbir har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.
Bu tashabbus atrof-muhitni asrash va shahar transporti yuklamasini kamaytirishga qaratilgan.