BannerMobile banner
Yangiliklar

Ticodan Malibugacha: O‘zbekiston qanday qilib General Motorsning dunyodagi ikkinchi yirik bozoriga aylandi

21.01.2025 / 07:14

Chevrolet O‘zbekistonda yetakchi bo‘lib, Chevrolet Spark va Nexia modellari katta talabga ega.

Blog image

1991-yilda mustaqillikka erishganidan so‘ng, O‘zbekiston Daewoo Motors bilan hamkorlikni boshladi, 1996-yilda esa birinchi Daewoo avtomobili ishlab chiqarildi. Keyinchalik, Daewoo 2002-yilda GM (General Motors)ga sotildi, bu esa Chevrolet brendining O‘zbekistondagi kuchayishiga olib keldi.


2007-yilda GM Uzbekistan kompaniyasi tashkil etilib, 2008-yilda GM va O‘zbekiston hukumati strategik hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Bu kelishuvga ko‘ra, GM o‘z avtomobillarini nafaqat ichki bozorda, balki eksportga ham chiqarishni maqsad qilgan. 


Bugungi kunda Chevrolet O‘zbekistonda yetakchi bo‘lib, Chevrolet Spark va Nexia modellari katta talabga ega. Avtomobil sanoati yanada rivojlanib, yangi modellarning ishlab chiqarilishi va eksportning oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner