O‘zbekistonda 40–50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanishni qonuniy tarzda taqiqlash taklif qilindi
11.07.2025 / 12:53Eskirgan avtomobillarni ekspluatatsiya qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi taklif qilindi.

YHXX boshlig‘i Sherzod Ibragimov prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda eskirgan, texnik va ekologik talablarga javob bermaydigan avtomobillarning harakatlanishini taqiqlovchi qonuniy mexanizm ishlab chiqishni taklif etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbus prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Gap 40–50 yillik, foydalanish muddati va texnologiyasi jihatidan eskirgan transport vositalarini ekspluatatsiya qilishni cheklash haqida bormoqda.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 2030 yilgacha Euro-5 ekologik standartlariga javob bermaydigan avtomobillar harakatini bosqichma-bosqich cheklash vazifasi belgilangan edi.