Jarima maydonchasidan avtomobilni olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma joriy etiladi
15.07.2025 / 07:312025 yil 31 iyulgacha YAIDXP, Davlat xizmatlari markazlari va DYHXX ilovalari orqali transport vositasini chiqarish uchun raqamli ruxsatnoma tizimi ishga tushiriladi.

Muhokama uchun eʼlon qilingan, hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2025 yil 31 iyulgacha YAIDXP, Davlat xizmatlari markazlari yoki DYHXXning mobil ilovasi orqali transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun DYHXXga og‘zaki yoki yozma murojaat qilish imkoniyati saqlab qolinadi.