2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni va modellari
2024-yilda yanvar-dekabr oylarida eng ko'p Cobalt ishlab chiqarilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Modellar bo‘yicha taqsimlanishi (dona):
- Cobalt: 164 887;
- Damas: 101 912;
- Lacetti-Gentra: 12 837;
- Tracker: 45 918;
- Onix: 41 661;
- KIA: 19 328;
- Chery: 6 301;
- BYD: 4 004;
- Haval: 2 473;
- Lada: 6;
- Maxsus yengil avtomobillar: 25 481.
Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakatda avtomobil ishlab chiqarishning o‘sishini aks ettiradi.