Skuter va mopedlar 1-martgacha ro‘yxatdan o‘tib, "A" toifa litsenziyasini olishlari shart
Litsenziya olishni xohlovchilar haydovchilik maktabida malaka oshirishi kerak.
O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish uchun yangi talablar joriy etilmoqda. 1-martga qadar ular yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tishi, davlat raqamlari va “A” toifali haydovchilik guvohnomasini olishlari kerak.
Mopedlar va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari:
-ariza berish va hujjatlarni topshirish — 37 500 so‘m.
-davlat raqami — 562 500 so‘m;
-texnik pasport — 262 500 so‘m;
-ro‘yxatdan o‘tish — 562 500 so‘m.
Jami: 1 425 000 so‘m.