Tesla Cybertruckni quyosh panellari bilan qopladi
Mutaxassislar qoplamaning nozikligi va zarbalarga chidamliligi haqida xavotirda.
Kaliforniyalik Sunflare Solar startapi Tesla Cybertruckni butunlay quyosh panellari bilan qoplashni taklif etdi.
Bu panellar 1,5 kVt quyosh energiyasini ishlab chiqarib, kunlik masofani 24 km ga oshiradi. Ilon Mask 2017-yilda Model 3 uchun quyosh batareyalari o‘rnatishni taklif qilgan, lekin bu amalga oshmagan.
Cybertruck uchun esa quyosh tomi imkoniyati aytilgan edi, ammo u ham amalga oshirilmagan. Sunflare Solar bu g‘oyani amalga oshirib, Cybertruck egalari uchun quyosh energiyasidan foydalangan holda masofani oshirish imkonini beradi. Biroq, mutaxassislar qoplamaning nozikligi va zarbalarga chidamliligi haqida xavotirda.
Ba'zi Tesla egalari Model Y bilan quyosh tomlarini o‘rnatib, kuniga 32 km qo‘shimcha masofa olishmoqda. Buning narxi $10 ming atrofida bo‘lib, invertor va batareya bilan ta'minlanadi.