O‘zbekistonda Ai-80 benzini sotuvini cheklash rejalashtirilmoqda
10.02.2025 / 07:092025-yil oxirigacha Ai-80 benzinidan foydalanish cheklanadi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha Ai-80 benzinidan foydalanish va sotishni cheklash uchun barcha resurslar safarbar etiladi. Shu bilan birga, aholining sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlanishi ta’kidlangan.
Bu chora 30-yanvar kuni qabul qilingan "O‘zbekiston — 2030" strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida belgilangan.
Shuningdek, yil oxiriga qadar mamlakatdagi issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda mazutdan yoqilg‘i sifatida foydalanish to‘liq taqiqlanadi.