Toshkentlik haydovchi Captiva’sida 130 martaga yaqin qoidabuzarlik qilgan
22.07.2025 / 08:05Bu avtomobil 120 martadan ortiq marta qidiruvga berilgan.

Toshkent shahrida Captiva rusumli mashina jarima maydonchasiga qo‘yildi. Sababi — uning haydovchisi 129 marta Yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, umumiy jarima miqdori 54 million so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, avtomobil 123 marta Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvga berilgani ma’lum qilindi.
Hozirda mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan, ammo haydovchiga nisbatan qanday chora ko‘rilgani oshkor etilmadi.