BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda keraksiz yo‘l belgilar olib tashlanadi

17.05.2025 / 08:36

Amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot yozuvlari o‘rnatiladi.

Blog image

O‘zbekistonda “To‘xtash taqiqlanadi” va “Turar joy taqiqlanadi” yo‘l belgilarining o‘rnatilish zarurati to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi


Zarurat bo‘lmagan joylarga qo‘yilgan belgilar olib tashlanadi, ularning o‘rniga esa amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot yozuvlari o‘rnatiladi.


Agar belgi ostida, masalan, “07:00–21:00” deb yozilgan bo‘lsa, shu vaqtdan tashqarida – ya’ni 21:00 dan 07:00 gacha – mashinani to‘xtatish yoki parkovka qilish mumkin bo‘ladi va bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi.


Bundan tashqari, poyezd harakati bo‘lmaydigan temir yo‘l kesishmalarida, tirbandliklarning oldini olish maqsadida, “To‘xtash” belgilarining o‘rniga svetoforlar o‘rnatiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner