BannerMobile banner
Yangiliklar

Endi O‘zbekistonda gaz ballon o‘rnatilganda texpasportni almashtirish shart emas

04.10.2025 / 08:58

1 noyabrdan boshlab avtomobilning yonilg‘i turini o‘zgartirish va gaz ballonini o‘rnatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron shaklda taqdim etiladi.

Blog image

O‘zbekistonda endi avtomobilga gaz ballon o‘rnatilganda texpasportni almashtirish talab qilinmaydi. Ushbu o‘zgarish Prezident tomonidan imzolangan 286-sonli qaror — “Raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat asosida amalga oshiriladi.


Yangi tartib 2025-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi. Shu kundan boshlab avtomobilga GBU (gaz ballon uskunasi) o‘rnatilgan taqdirda, texpasportni yangilash yoki almashtirishga hojat qolmaydi.


Endilikda avtomobilning yoqilg‘i turi va gaz ballon o‘rnatilgani haqidagi barcha ma’lumotlar elektron shaklda saqlanadi. Bu ma’lumotlar markaziy bazaga kiritiladi, shuning uchun GAI xodimlari avtomobilni tekshirayotganda planshet orqali o‘rnatilgan sertifikatini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.


Mazkur qaror raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish, ortiqcha hujjat aylanishini kamaytirish va haydovchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirishga qaratilgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner