Mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jarima oshirildi
Haydovchi takroran mast holda rulga o‘tirsa 2-3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Endilikda mast holda avtomobil boshqarish uchun jarima BHMning 25 baravaridan (9,37 mln so‘m) 40 baravarigacha (15 mln so‘m) oshirilmoqda.
Agar haydovchi takroran mast holda rulga o‘tirsa:
- 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum etiladi;
- 2-3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb etiladi yoki;
- 2-3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.