1-iyundan YHQ buzuvchilarga ballik jarima tizimi ishga tushadi
09.05.2025 / 09:07E-jarimaball moduli orqali haydovchilarga YHQ buzilishi uchun ball beriladi
_612.jpg)
Avval 1-mayga rejalashtirilgan ushbu tizimning ishga tushirilishi kechiktirildi va endi hukumat qaroriga binoan 2025-yil 1-iyundan boshlab joriy etilishi kutilmoqda.
Yangi tizimning asosiy jihatlari:
- E-jarimaball moduli orqali haydovchilarga YHQ buzilishi uchun ball beriladi;
- har bir haydovchi o‘zining jarima ballarini maxsus mobil ilova, yagona portal (EPIGU) va E-jarimaball moduli orqali kuzatib borishi mumkin:
- har bir ball to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi, bu esa haydovchini darhol xabardor qilish imkonini beradi.
Shuningdek, bu tizim intizomni oshirish va takroriy qoidabuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.