O‘zbekistonda mahalliy, lyuks avtomobillar va chet el mashinalari arzonlashdi
13.02.2025 / 06:37Yanvar oyida mahalliy avtomobillar va elektromobillar ikkilamchi bozorda biroz arzonlashdi.

2025-yil yanvar oyida mahalliy avtomobillar va elektromobillar ikkilamchi bozorda biroz arzonlashdi, bunga ularning tannarxining ozgina kamayishi sabab bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xabar berdi.
Xalq avtomobillari arzonlashdi va ayrim fuqarolarga ularni sotib olish imkoniyatini yaqinlashtirdi. Katta narx pasayishi Onix, Lacetti va Cobalt modellarida kuzatildi:
20 ming km gacha bosib o’tgan avtomobillar:
Onix — $14 ming (dekabrda $14 350);
Gentra — $14 900 (dekabrda - $15 ming);
Cobalt — $12 725 (dekabrda - $12 901);
50 ming km gacha bosib o’tgan avtomobillar:
Onix — $12 800 (dekabrda - $13 ming);
Gentra — $14 300 (dekabrda - $14 500);
Cobalt — $12 ming (dekabrda - $12 300);
50 ming km dan ortiq bosib o’tgan avtomobillar:
Gentra — $13 095 (dekabrda - $13 327);
Cobalt — $11,5 ming (dekabrda - $11,7 ming);