O‘zbekistonda arzon avtomobillar soni kamaydi
25.04.2025 / 07:20Damas — bu tijorat transport vositasi.

2025-yilning I choragida Cobalt, Damas va Onix ishlab chiqarilishi oshgan bo‘lsa-da, amalda arzon yengil avtomobillar segmenti qisqardi.
UzAuto Motors Cobalt, Damas va Onix avtomobillarini ko‘proq ishlab chiqarganiga qaramay, arzon yengil avtomobillar segmentida taklif kamaydi:
- Lacetti, Spark va Nexia ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan;
- Damas — bu tijorat transport vositasi;
- Onix — arzon avtomobil uchun juda qimmat.
2024-yilning I choragida zavod 37 167 ta arzon yengil avtomobil (Cobalt va Lacetti) ishlab chiqargan bo‘lsa,
2025-yilning I choragida bu raqam 32 208 tani tashkil etdi (faqat Cobalt).
Shunga qaramay, bozordagi yangi Chevrolet Cobalt narxlari tushib bormoqda — Midnight komplektatsiyasi $12 500–$12 700 atrofida, avtosalondagi narxi esa $12 ming.
Ko‘rinib turibdiki, spekulyativ talab nihoyat so‘nmoqda va ehtimol, yaqin orada Cobalt ham hozirgi Damas kabi navbatsiz sotila boshlaydi.