Chevrolet Cobalt Qozog‘istondagi eng talabgir avtomobilga aylandi
18.02.2026 / 06:10Model 2026-yil yanvar oyida eng xaridorgir modelga aylandi.

Qozog‘iston avtomobil bozori 2026-yilni ishonchli o‘sish bilan boshladi. Qozog‘iston avtoittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida 14 102 ta yangi avtomobil (shundan 13 298 tasi yengil va 804 tasi tijorat) sotilgan. Bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 25,2 foizga ko‘p.
Markalarning umumiy hisobida yetakchi o‘zgardi. Birinchi o‘ringa 2774 ta avtomobil bilan Kia kompaniyasi ko‘tarildi. U Hyundai (2698 dona) va Chevrolet (2512 dona) ni siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Xitoylik ishlab chiqaruvchilar orasida Chery yetakchilik qilmoqda. Brend umumiy reytingda to‘rtinchi o‘rinni egalladi (1007 sotuv) - yillik o‘sish 42% ni tashkil etdi.
Modellar ro‘yxatida Chevrolet Cobalt yetakchilik qildi - yanvar oyida sotuvlar 2191 donani tashkil etdi. Eng xaridorgir avtomobillar uchligiga Kia Sportage (1482 dona) va Hyundai Tucson (1397 dona) krossoverlari ham kirdi.







