BannerMobile banner
Yangiliklar

O’zbekistonda Damas-2 sotuvlari boshlandi — narxlar va xarakteristikalar

16.02.2026 / 10:09

Yangi model ikki yo‘nalishda taklif etiladi.

Blog image

O‘zbekistonda yangi Super Damas modeli savdoga chiqdi. Model ikki asosiy versiyada taqdim etiladi: yuk tashish uchun Damas Max (VAN) va yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan Damas Move.


Yuk tashish versiyasi 2 o‘rinli furgon ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Yo‘lovchi talqini esa 7 yoki 8 o‘rinli bo‘lib, haydovchi bilan birga 6 yoki 7 yo‘lovchini sig‘dira oladi.


Komplektatsiyalar va texnik xususiyatlar


Damas Max (VAN)


1.2 LV0 (MT-5)


2 o‘rinli yuk furgoni. 1.2 litrli (81 ot kuchi) atmosfera dvigatel, mexanik 5 pog‘onali uzatma. ABS, EBD, 2 ta xavfsizlik yostiqchasi, masofadan boshqariladigan kalit, markaziy qulflash va signalizatsiya mavjud. Konditsioner yo‘q.


Narxi: 134 439 000 so‘m


1.5 LV0 (MT-6)


1.5 litrli (103 ot kuchi) dvigatel va 6 pog‘onali mexanik uzatma. Qo‘shimcha ravishda ESC va immobilayzer mavjud.


Narxi: 142 471 000 so‘m


Damas Move (yo‘lovchi)


1.2 LV0 (8 o‘rin)


1.2 litrli motor, MT-5. ABS, EBD, ISOFIX, pechka, R14 temir disklar, 2 ta dinamik. Konditsioner va ESC mavjud emas.

Narxi: 139 675 000 so‘m


1.2 LV1 (7 o‘rin, kapitan o‘rindiqlar)


Ikki zonali konditsioner (old + orqa), elektr oynalar, markaziy qulflash, signalizatsiya, R14 alyuminiy disklar, tuman chiroqlari, kuzov rangidagi oynalar, 4 ta dinamik.


Narxi: 144 563 000 so‘m


1.5 LV0 (8 o‘rin)


1.5 litrli motor, MT-6. ESC, markaziy qulflash, immobilayzer qo‘shilgan. Konditsioner yo‘q.


Narxi: 149 011 000 so‘m


1.5 LV1 (maksimal komplektatsiya, 7 o‘rin)


1.5 litrli motor, ESC, ikki zonali konditsioner, elektr oynalar, alyuminiy disklar, tuman chiroqlari, 4 ta karnay, immobilayzer.


Narxi: 154 128 000 so‘m


Eski Damas ishlab chiqarilishi davom etadi


UzAuto Motors ma’lumotiga ko‘ra, avvalgi avlod Damas modeli ishlab chiqarishda qoladi. Uning hozirgi narxi taxminan 97 million so‘m atrofida. Yangi Super Damas bilan farq konfiguratsiyaga qarab 37–57 million so‘mni tashkil etadi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner