Chevrolet Spark EUV 2026 taqdim etildi
05.05.2025 / 06:44Avtomobil faqat bitta komplektatsiyada — Activ versiyasida taqdim etiladi.

2025-yil 3-may kuni General Motors Chevrolet Spark EUV elektromobilining yangilangan — 2026-yilgi modelini rasman namoyish etdi.
Avtomobil faqat bitta komplektatsiyada — Activ versiyasida taqdim etiladi va birinchi bo‘lib Braziliyada sotuvga chiqadi. Yangi Spark EUV baland deraza chiziqlari, ko‘tarilgan tom va zamonaviy “qutichasimon” dizayni bilan ajralib turadi. U yosh avlodga mo‘ljallangan uslubda ishlab chiqilgan.
Mazkur model butunlay elektr platformasida yaratilgan bo‘lib, bu ichki makonni yaxshiroq tashkil qilish, qulay tushib-chiqish va shahar muhitida yaxshi manevrlikni ta’minlash imkonini beradi.