Yangi Chevrolet Corvette konsepti taqdim etildi
16.04.2025 / 07:34Yangi konsept C8 kabi o‘rta dvigatelli sxema asosida yaratilgan.

Bu — yuqori darajada detallashtirilgan to‘liq o‘lchamdagi maket bo‘lib, dizayn hali yana o'zgarishi mumkin. Biroq aynan shunday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan C9 avlod sportkarining prototipi sifatida qaralmoqda.
Konsept dizayni GM’ning Yevropadagi yangi studiyasida, Julian Tomson rahbarligida ishlab chiqilgan. U ilgari Volkswagen, Lotus va Jaguar’da ishlagan. Eng mashhur loyihasi — 1990-yillardagi afsonaviy Lotus Elise dizayni.
Yangi konsept ham C8 kabi o‘rta dvigatelli sxema asosida yaratilgan. Eksteryerda eski Corvette modellari bilan bog‘liq ko‘plab elementlar bor: masalan, relyefli g‘ildirak archalari 1968-yilgi C3’ni eslatadi, ikki bo‘lakli orqa oynasi esa — 1963-yildagi Sting Ray Coupe C2’ni.
GM yana ikki xil dizayn loyihasi ustida ishlamoqda, ular keyinroq namoyish etiladi.