"Check engine" belgisi yoqilishining beshta asosiy sabablari
11.04.2025 / 08:43Check enigne belgisining yoqilishi servisga borish va sababini aniqlash kerak deganidir.

“Check engine” – avtomobil panelidagi eng taniqli sariq belgidir. Uni ko‘pchilik tan olsa-da, sabablari va xatoliklarni to‘g‘ri tushunish har doim ham bo‘lmaydi. Aslida bu belgining yoqilishi doim ham falokat emas, lekin servisga borish va sababni aniqlash kerak bo‘ladi. Keling, eng keng tarqalgan beshta sababni ko‘rib chiqamiz:
Namlik va suv ta’siri
Dvigatel yuvilishi yoki kuchli yomg‘irdan so‘ng suv elektr ulanishlarga tushishi mumkin. Bu holatda kontaktlar qisqa tutashuvga olib keladi. Chora: quritish va ulanish joylarini yaxshi izolyatsiya qilish.
Katalizator bilan muammolar
Katalizator – chiqindi gazlarni tozalash uchun mo‘ljallangan. Uni olib tashlash yoki shikastlanishi darhol “check engine” belgisini yoqadi. Bu nafaqat ekologiyaga, balki dvigatel ishlashiga ham ta’sir qiladi.
Lyamda-zond (kislorod datchigi)
Katalizator oldi va orqasidagi datchiklar gaz tarkibini nazorat qiladi. Agar u noto‘g‘ri ishlasa yoki olib tashlansa, boshqaruv blokida xatolik paydo bo‘ladi. Natijada yoqilg‘i sarfi oshadi.
Yuqori kuchlanishli simlar va igna (katucha) muammolari
Eski simlar yoki katuchaning rezina qopqog‘i yoriqlari orqali uchqunlar chiqadi. Bu dvigatel silkinishiga va xatolik kodi chiqishiga olib keladi.
Datchiklar va yomon benzin
Datchiklar vaqt o‘tib ishdan chiqadi – ayniqsa, namlik va harorat farqi ta’sirida. Shuningdek, sifatsiz benzin yonish jarayonini buzib, “check engine”ga sabab bo‘ladi. Bunda yoqilg‘i tizimiga tozalovchi qo‘shimchalar yordam berishi mumkin.
“Check engine” belgisini ko‘rib vahimaga tushmaslik kerak. Biroq uni e’tiborsiz qoldirmaslik ham lozim – bu avtomobilning “sog‘lig‘i” haqida signal. Eng to‘g‘risi – diagnostika qilish va sababni bartaraf etish.